Joriy yilning 16-iyul kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.
Unda, direktor o‘rinbosarlari, markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, hududiy xizmatlar xodimlari faol ishtirok etdi.

O‘quv soatida, Monopoliyaga qarshi komplayens yetakchi mutaxassisi V.L.Guseinov so‘zga chiqib, “EMMMda monopoliyaga qarshi xavflarni kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tushuntirib o‘tdi.

Bunga ko‘ra, 2026-yilda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish xavfini kamaytirish bo‘yicha Yo‘l xaritasining 2026-yil II chorakdagi ijrosi holati yuzasidan axborot tinglandi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qarori talablariga muvofiq, EMMM direktorining 2026-yil 15-apreldagi 15-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan 2026-yilda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish xavfini kamaytirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligini ma’lum qildi.

Yo‘l xaritasi ijrosini ta’minlash maqsadida markaziy apparat xizmatlari va bo‘limlari hamda hududiy EММХlarda texnik-huquqiy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, ularning o‘tkazilishi bo‘yicha tegishli rejalar tasdiqlangan va ijrosi ta’minlanmoqda.
2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, rejalashtirilgan tadbirlarning asosiy qismi belgilangan muddatlarda bajarilgan. Xususan, barcha tarkibiy bo‘linmalarda antimonopol qonunchilik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha texnik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.

RBMX, RNTRX va IYBIINQX xizmatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlari EMMX rahbarlarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati ijobiy baholandi. Shuningdek, Buxoro, Andijon va Namangan viloyatlaridagi hududiy EMMXlarda chorak davomida 5 tadan 9 tagacha texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, ayrim hududiy bo‘linmalarda texnik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va ularning bayonnomalarini rasmiylashtirishda kamchiliklar saqlanib qolayotgani ta’kidlandi. Jumladan, ayrim bayonnomalarda mashg‘ulot mavzusi va maqsadi to‘liq yoritilmagan, o‘rganilgan normativ-huquqiy hujjatlar rekvizitlari ko‘rsatilmagan hamda mashg‘ulot mazmuni yuzaki bayon etilgan.

Ta’kidlandiki, texnik o‘quv mashg‘ulotlari bayonnomalari EMMMda joriy etilgan sifat menejmenti tizimining TINH 18:2026 talablari asosida rasmiylashtirilishi shart ekanligi, 2026-yil yakunlari bo‘yicha Yo‘l xaritasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot texnik o‘quv mashg‘ulotlari bayonnomalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasiga taqdim etilishi munosabati bilan hujjatlarni sifatli rasmiylashtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, 2025-yil yakunlari bo‘yicha antimonopol Dastur ijrosi tahlili natijalariga ko‘ra, ijro intizomini buzgan ayrim mas’ul xodimlarga nisbatan KPI ko‘rsatkichlarini kamaytirish chorasi qo‘llanilgani eslatib o‘tildi.

Muhokama yakunlari bo‘yicha Yo‘l xaritasida belgilangan tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, texnik o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan reja asosida tashkil etish, bayonnomalarni amaldagi talablar asosida rasmiylashtirish hamda xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha bilimlarini muntazam nazorat qilib borish zarurligini qayd etib o‘tdi.
EMMM direktorning birinchi o‘rinbosari A.Kadirov yuqoridagi axborotini tinglab yig‘lish qatnashuvchilarga mazkur amalga oshirilgan ishlar va tahlillar asosida kelib chiqqan kamchiliklar yuzasidan o‘z fikrini va kelgusida yanada e’tiborliroq va ma’suliyat bilan yondoshishlarini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, o’quv soatining ikkinchi qismida direktor o’rinbosari A. Xashimxodjayev so’zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son Qarori bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.