Joriy yilning 22-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida:
Andijon viloyati EMMX 1-toifali radiooperatori D.Hasanov so‘zga chiqib, TETRA, ARKO-25 TETRAPOL va boshqa raqamli trankli standartlarning afzalliklari, xususiyatlari, xavfsizliklari bo‘yicha tushunchalar berdi.

Shuningdek, Navoiy viloyati EMMX radiooperatori U.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil yoritildi.
