EMMM yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 29-yanvar kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.

photo2026-02-0215-15-55.jpg

O‘quv soatida, Qashqadaryo viloyati EMMX radiooperatori R.Utayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-311-son qarori mazmun-mohiyati batafsil yoritildi.

photo2026-02-0215-16-00.jpg

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini raqamli transformatsiya qilish, sohaga sun’iy intellekt va robototexnika imkoniyatlarini tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik yo‘nalishlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning yaxlit innovatsion zanjirini yaratish.

Asosiy maqsadlar

2027 yil 1 dekabrga qadar sohaga mas’ul vazirlik va idoralarning tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash kabi axborot tizimlarini umumiy texnik yondashuv asosida yagona platformaga birlashtirish, 2030 yilga qadar zarur axborot infratuzilmasi va resurslarini to‘liq shakllantirish;

2028 yil 1 dekabrga qadar favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish;

monitoring, prognozlash va profilaktika faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish maqsadida sohada kibertahdidlardan himoyalangan axborot infratuzilmasini yaratish;

2030 yilga qadar sohaga zarur bo‘lgan import qilinayotgan avariya-qutqaruv va yong‘in-texnik mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini 30 foizga yetkazish;

sohaga oid innovatsion mahsulotlarni yaratish, sinov-tadqiqot ishlarini, muvofiqlikni baholash tizimini va yong‘in-texnik ekspertizasini yanada rivojlantirish haqida ma’lumotlar berdi.

photo2026-02-0215-16-05.jpg

Shuningdek, Iqtisodiy tahlil va marketing bo'limi yetakchi iqtisodchisi M.Abidxodjayeva O‘zbekistonning 2026-yil uchun budjeti haqida xodimlarga ma'lumot berib o'tdi.

Davlat budjeti — davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib, u orqali iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy himoya, davlat boshqaruvi va xavfsizlik moliyalashtiriladi. Budjet davlatning strategik maqsadlarini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

photo2026-02-0215-16-11.jpg

2026-yil budjet siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, aholi farovonligini oshirish, inson kapitaliga investitsiyalarni kengaytirish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan.

Davlat budjeti daromadlari asosan soliq tushumlari, soliqdan tashqari daromadlar, davlat aktivlaridan olinadigan tushumlar va transfertlar hisobidan shakllanadi.

Soliq tushumlari budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslar daromad solig‘i, aksiz solig‘i va mulk soliqlari kiradi.

2026-yilda ta’lim sohasiga ajratiladigan mablag‘lar maktabgacha ta’limni qamrab olishni kengaytirish, umumiy va oliy ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Sog‘liqni saqlash tizimiga ajratiladigan budjet mablag‘lari tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va aholi salomatligini mustahkamlashni maqsad qiladi.

Ijtimoiy himoya sohasiga yo‘naltirilgan xarajatlar pensiyalar, nafaqalar va kam ta’minlangan qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash orqali aholining ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydi.

Davlat budjeti iqtisodiyotning real sektorini, jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari budjetda alohida o‘rin tutadi. Qarz siyosati iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Budjet ijrosi ustidan nazorat Moliya vazirligi, Hisob palatasi va parlament tomonidan amalga oshiriladi. Ochiqlik va shaffoflik asosiy tamoyil hisoblanadi.

2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti ijtimoiy yo‘naltirilgan, barqaror va strategik maqsadlarga xizmat qiluvchi moliyaviy hujjat hisoblanadi

Faylni tanlang