"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati o‘tkazildi.

2021 yil 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi masʼul raxbar xodimlari ishtirokida oʼquv soati oʼtkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xizmat va bo‘limlari va Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati doirasida “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyati va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatlari hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlariga (COVID-19)ga qarshi emlanish bo‘yicha vaksina olishda yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan tegislhi masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.


EMMM DUK axborot xizmati

Faylni tanlang