"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati o‘tkazildi.

2021 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi masʼul raxbar xodimlari ishtirokida oʼquv soati oʼtkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xizmat va bo‘limlari va Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati doirasida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi Inxa universitetining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 557-son, 2020 yil 3 maydagi 260-son, 2020 yil 5 iyuldagi 392-son buyruqlari mazmun-mohiyatilari, 2021 yil 11 maydagi 112-son buyrug‘i 1-ilovasiga asosan “EMMM” DUK xodimlarining odob-axloq qoidalari” hamda Korxonaning Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyatlari tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

«EMMM DUK» axborot xizmati

Faylni tanlang