"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati o‘tkazildi

2021 yil 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi masʼul raxbar va xodimlar ishtirokida oʼquv soati oʼtkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xizmat va bo‘limlari va Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati doirasida “ALSKOM” AJ sug‘urta kompaniyasining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatlari, “EMMM” DUK xodimlarining odob-axloq qoidalari”, Korxonaning Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyatlari, Sifat ko‘rsatkichlarini baholash tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-6230-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 oktyabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori mazmun-mohiyatlari tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK
Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish
jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati 1-toifali
muhandisi R.Ganiyev

Faylni tanlang