"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati o‘tkazildi

2021-yil 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi masʼul rahbar va xodimlar ishtirokida o‘quv soati o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xizmat va bo‘limlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati doirasida Davlat axborot tizimlarini rivojlantirishga oid qonunchilik hujjatlari, Iqtisodiy tahlil va tariflarga oid qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2021-yil 29-noyabrdagi 717-son qarorining mazmun-mohiyatlari tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK

Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati 1-toifali muhandisi R.Ganiyev

Faylni tanlang