"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv soati o‘tkazildi

2021-yil 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi masʼul rahbar va xodimlar ishtirokida o‘quv soati o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xizmat va bo‘limlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati doirasida Mehnat shartnomasini tuzish tartibiga oid qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 30-dekabrdagi PF-36-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona labaratoriyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 30-dekabrdagi 790-qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil
28-dekabrdagi 790-qarorlarining mazmun-mohiyatlarini tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK

Harakatdagi radioaloqa bo‘limi boshlig‘i U.Nishanov

 

 

 

Faylni tanlang