Joriy yilning 23-yanvar kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, UMS MChJ ning Optimallashtirish bo‘limi eksperti A.Karayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Mazkur o‘tkazilgan o‘quv soatida xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga aniq javob oldilar.

