EMMM yangiliklari

O‘quv soati

Joriy  yilning 12-dekabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soati boshida, “EMMM” DUK boshlig‘i o‘rinbosari A.X.Xashimxodjayev tomonidan 10 - dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan barcha xodimlarni tabrikladi. 

Davlat madhiyasi xalqimizning birdamligi, milliy g‘ururi va mustaqil O‘zbekiston ramzlari orasida alohida o‘rin tutadi. Madhiyamiz Vatanimizga bo‘lgan muhabbat va fidoyilikni aks ettirib, har birimizni ulug‘ maqsadlar sari ilhomlantiradi.

Shuningdek, o‘quv soati davomida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida“gi O‘RQ-78-SON Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

Faylni tanlang