Joriy yilning 24-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.
O‘quv soatida, Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa bo‘limi 1-toifali muhandisi F. Raximgaziyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-iyuldagi 475-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, Televideniye va radioeshittirish bo‘limi 2-toifali muhandisi L. Ishmatova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarorlari mazmun-mohiyati yoritildi.