EMMM yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 3-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, Monopoliyaga qarshi komplaens tizimiga mas’ul R. Ganiyev tomonidan Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etishning ahamiyati mazmun-mohiyati yoritildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 2-toifali muhandisi T. Asamatdinov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i mazmunini tushuntirdi.

Faylni tanlang