EMMM yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 7-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida xodimlar tomonidan quyidagi qonun va qarorlar tushuntirildi:

 O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim  qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-980-son Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi “Fazoviy ma’lumotlar sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 26-oktabrdagi 620-son qarori.

Faylni tanlang