"EMMM" DUK yangiliklari

O‘QUV SOATI

Joriy yilning 28-dekabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

dfbdfb1000x563.jpg

O‘quv soatida, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandisi H.Matyusupov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi 1993-yil 7-maydagi 848-XII-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

dfbfmgh1000x646.jpg

Bunga ko‘ra, mazkur qonun 10 moddadan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: davlat sirlarining tushunchasi, saqlashning huquqiy asoslari, kategoriyalari, muayyan tartibga bo‘ysunuvchi obyektlari, axborotlarni davlat sirlariga mansub deb topish, davlat sirlarini saqlash tizimi, axborotlarni maxfiylashtirish muddatlari, davlat siri yoki harbiy sirlardan voqif bo‘lgan fuqarolarning huquqlarini cheklash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining davlat sirlarini saqlash sohasidagi vakolatlari, Davlat sirlarini saqlash borasidagi burch, ularni oshkor etganlik yoki qonunga xilof ravishda maxfiylashtirganlik uchun javobgarlik.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari

bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang