Soha yangiliklari

Homiylik xayriyalarni muvofiqlashtirish markazining faoliyati uchun qisqa 1197 raqami tashkil etildi

Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil qilindi. Respublikamiz aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida va ushbu markazlarga tezlikda va qulay bog‘lanishlari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 1197 qisqa raqami tashkil etildi.

Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang