EMMM yangiliklari

Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasida va Davlat Soliq Boshqarmasida hamkorlikda o‘quv seminarlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarorining 5-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomning ijrosini ta’minlash, hamkorlikda olib boriladigan ishlarni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 17-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi va Surxondaryo viloyati Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlariga o‘quv seminarlar o‘tkazildi.

Tashkil etilgan o‘quv seminarlarda Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Nabiyev Samadjon Safar o‘g‘li tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlariga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Surxondaryo viloyati hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish) va foydalanish tartibi bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, nazorat qilish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

O‘tkazilgan o‘quv seminarlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.


Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq mahandisi Islamov J.X.

Faylni tanlang