Soha yangiliklari

Samarqanddagi IT Park filiali qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahrida barpo etilayotgan IT Park Uzbekistan’ning Samarqand filiali qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazirga majmuaning qurilish ishlari, uning kelgusidagi infratuzilmasi hamda rezidentlar va AT sohasi vakillari uchun yaratiladigan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, binoda zamonaviy ofislar, ish va uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan maydonlar hamda AT kompaniyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi zarur infratuzilmani tashkil etish rejalari ko‘rib chiqildi.

IT Park Uzbekistan’ning Samarqand filialini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududda AT va raqamli xizmatlar sohasini rivojlantirish, mahalliy yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, yangi startap va texnologik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.

Tashrif davomida mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli olib borish, shuningdek, kelgusida filial faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Faylni tanlang