"EMMM" DUK yangiliklari

Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

“EMMM” DUKning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha 2022-yil 16-avgustda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining bajarilishini ta’milash yuzasidan joriy yilning 20-dekabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahar IIB “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” guruhi profilaktika inspektori kapitan Rustamov Ravshan Alisherovich ishtirokida “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, korxona xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, bu jinoyatga birgalikda qarshi kurashishdir.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iuyldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5177-sonli Qarori hamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli Farmonning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiya balosidan qutulish, yurtimizning har jabhada rivojlanishi uchun har bir fuqaro o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini anglab yetishlari kerak, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi amalga oshirilayotgan islohotlarda namoyon bo‘lishi lozim.

Seminar so‘ngida mavzu yuzasidan berilgan savollarga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tomonidan javob berildi.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.Palyozov

Faylni tanlang