Soha yangiliklari

Namangan viloyatidagi olis mahallalardan biri yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani markazidan 20 kilometr masofada joylashgan “Qo‘g‘ayo‘lmas” mahallaga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i kirib keldi.  “O‘zbektelekom” AK tomonidan aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash ishlari 2022-yilda ham izchil olib borilmoqda. Ushbu faoliyatlar viloyatlardagi tumanlarning olis hududlarida ham aks etmoqda.  “Qo‘g‘ayo‘lmas” MFY Uchqo‘rg‘on tumani markazidan 20 kilometr masofada joylashgan olis hudud hisoblanadi. Ayni paytda hudud aholisining yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanishi uchun havo tarmog‘i orqali 2 kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini tortish ishlari boshlab yuborildi. Aytish joizki, 2021-yil davomida Namangan viloyati bo‘yicha 3 ming km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan.
Faylni tanlang