Soha yangiliklari

Chekka hududlardagi aholi maskanlari ham yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan qamrab olinmoqda

Jizzax viloyatida chekka hududlardagi aholi maskanlari ham yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan qamrab olinmoqda. Shu maqsadda 2021-yilda 1,1 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Hozirda jami optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 4,1 ming kilometrga yetkazilgan. Bu orqali viloyatdagi aholi yashash maskanlarining 60 foizidan koʻprogʻiga optik tolali aloqa tarmoqlari kirib borishiga erishildi.  Telekommunikatsiya tarmogʻini kengaytirish hamda aholiga internetga keng polosali ulanish imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida 48,1 ming abonentga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan 30 ta zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari oʻrnatilib, viloyatda internetga keng polosali ulanish portlarining umumiy sigʻimi 127,6 ming portga yetkazilgan.  Ushbu olib borilayotgan ishlar natijasida viloyat aholisini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanishga boʻlgan ehtiyojini yanada ko'proq qondirish imkoniyati yaratildi.
Faylni tanlang