Soha yangiliklari

Qashqadaryo viloyatining chekka hududlari mobil aloqa va internet xizmatlari bilan taʼminlanmoqda

Qashqadaryo viloyatining uzoq, borish qiyin bo‘lgan, aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan aholi maskanlari yuqori tezlikdagi mobil internet xizmatlari bilan qamrab olinmoqda. Jumladan, 2022-yil mart oyida viloyatning Mirishkor tumanida “Coscom” MCHJ tomonidan Guliston (4378 nafar aholi istiqomat qiladi) va “UMS” MCHJ tomonidan Gulshanbog‘ (2176 nafar aholi istiqomat qiladi) aholi yashash maskanlariga 3G/4G standartidagi yangi tayanch stansiyalari o‘rnatilib, ishga tushirilishi natijasida aholining keng polosali internet xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari qondirildi. Guliston aholi yashash maskanida hudud aholisi uchun SIM-karta sotish xizmati ham tashkillashtirildi.
Faylni tanlang