Soha yangiliklari

National Transport Hackathon uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Transport vazirligi mamlakat transport tizimini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan National Transport Hackathon doirasida AT-mutaxassislarini uchta yo‘nalish bo‘yicha innovatsion va amaliy raqamli yechimlar yaratishga taklif etadi.

Hackathon doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqishlari mumkin:
- aviatsiya, temir yo‘l va avtomobil transportida aholi mobilligini oshirishga xizmat qiluvchi servis va ilovalarni yaratish;
- Transport vazirligining axborot tizimlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
- transport sohasidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish.


Hackathon 2026-yil 6–8-avgust kunlari oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini amaliy yechimga aylantirish uchun 72 soat vaqt ajratiladi.
Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 320 million so‘mni tashkil etadi.

Ishtirok etish uchun jamoangizni shakllantirib, hackathon.mintrans.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Omad tilaymiz!

Faylni tanlang