Soha yangiliklari

Oʻzbekistonda birinchi “ASPEX BI SCHOOL” VI tahlilchilar maktabining ochilishi

5-mart kuni Toshkentdagi Inha universitetida tarixiy voqea roʻy berdi – Oʻzbekistonda birinchi “ASPEX BI SCHOOL” VI tahlilchilar maktabining ochilishi boʻlib oʻtdi.

Raqamli maʼlumotlarni avtomatlashtirish, toʻplash va qayta ishlash, biznes-tahlil, tadrijiy hisobotlar va prognozlar sohasida “ASPEX” – Qozogʻiston IT-bozori yetakchisi hisoblanadi.

Ushbu tadbir doirasida Toshkentdagi Inha universitetining iqtidorli talabalariga grantlar ajratish nazarda tutilgan holda, VI tahlilchilarni tayyorlash boʻyicha uch oylik yozgi kurslarni tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi.

“ASPEX BI SCHOOL” – bu kompaniyalarning maʼlumotlar massivi bilan ishlovchi va tahliliy hisobotlar tayyorlovchi Full-stack VI tahlilchilarini toʻlaqonli ravishda uch oy davomida tayyorlash va oʻqitishdir. Power BI boʻyicha oʻquv dasturi Power BI bilan qulay tarzda ishlash imkonini taqdim etuvchi birinchi grafikni yaratishdan tortib, eng yangi ilgʻor texnikalardan foydalanishga qadar turli mavzularni qamrab oladi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang