Soha yangiliklari

IT kadrlarni tayyorlashda ilg‘or pedagogik usullarni, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini qo‘llash zarurligi ta’kidlandi

Bugun, 7-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali huzuridagi IT texnikumiga bordi. AKT vaziri Sh. Shermatov IT texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, o‘quv jarayonlarida ilg‘or pedagogik usullarni, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini qo‘llash orqali yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar berildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali huzuridagi IT texnikum Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 7-may 288-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Texnikum 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘quv xonalari, laboratoriya, kompyuter sinflarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda texnikumda 17 nafar o‘qituvchi dars beradi.  
Faylni tanlang