Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ullari hamda TShIU rektori Janubiy Koreyada IT-ta’limni rivojlantish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi

Ayni kunlarda xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori  ETRI institutining ijrochi vitse-prezidenti Sung Von bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish, Toshkent shahridagi Inha universitetida sun’iy intellekt tadqiqotlari bo‘yicha ETRI laboratoriyasini ochish, malakali o‘qituvchilarni jalb etish, qo‘shma master darslari va seminarlar tashkil etish rejalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tashrif davomida Geotwo Co. LTD kompaniyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda biznes-jarayonlar autsorsingini (BPO) rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston IT-mutaxassislarini, xususan, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarini BPO loyihalariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Kambodja Qirolligi va Qirg‘iziston Respublikasi uchun amalga oshirilayotgan loyihalarni ham muhokama qildilar.
Faylni tanlang