Soha yangiliklari

O‘zbek kibersportida yangi rekord

Ilk bor Kibersport bo‘yicha chempionatda 3000 nafarga yaqin kibersportchilar ishtirok etadi. Hurmatli “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati ishtirokchilari! Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanganligini ma’lum qilamiz. Yurtimizda birinchi marotaba bo‘lib o‘tadigan kibersport yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati doirasida maxsus portal orqali 2894 ta kibersportchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Kibersportning 5 turi bo‘yicha jami 770 dan ziyod jamoalar shakllantirildi. Turnirning birinchi bosqichi 12-aprel kuni boshlandi, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash jarayonida jamoalar guruhlari shakllanadi. Chempionatning yarim-final va final bosqichlari Toshkent shahrida 5-8-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yarim-final bosqichiga o‘tgan kibersport jamoalarining kelib-ketishi va joylashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Eslatib o‘tamiz, chempionatning mukofot jamg‘armasi 332 mln so‘mni tashkil etadi va qo'shimcha homiylik mablag‘lari jalb etilishi ham mumkin.
Faylni tanlang