"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 16-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda korxonaning markaziy apparat hamda hududiy bo‘linmalar xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, tadbirni boshliq o‘rinbosari A.X. Xashimxodjayev ochib berdi. U o‘z chiqishida barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklab, ona tilimizni e’zozlash, uni rivojlantirish va har bir sohada to‘g‘ri qo‘llash har bir fuqaroning sharafli burchi ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, tadbir mehmoni — Ishmuxamedova Gavxar Pattaxovna, O‘zbek tili fanidan Vazir ustamasi sovrindori, MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ilm-fan bunyodkori”, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” hamda “Yil tadqiqotchisi” unvonlari sohibasi so‘zga chiqdi.

U o‘z ma’ruzasida O‘zbek tilining tarixiy shakllanish jarayoni, bugungi kundagi nufuzi va xalqaro maydondagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u til madaniyatini yuksaltirish, rasmiy ish yuritishda adabiy me’yorlarga rioya qilish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash zarurligini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Yakunda, ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning birlashtiruvchi kuchi va milliy qadriyat sifatidagi ahamiyati yana bir bor e’tirof etildi. Tadbir ishtirokchilarida ona tilimizga nisbatan faxr va g‘urur tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.

photo2025-10-1717-20-27.jpg

photo2025-10-1717-20-33.jpg

photo2025-10-1717-20-37.jpg

photo2025-10-1717-20-42.jpg

photo2025-10-1717-20-57.jpg

photo2025-10-1717-21-03.jpg

photo2025-10-1717-21-08.jpg

Faylni tanlang