"EMMM" DUK yangiliklari

O'zbek tili – Davlat tili

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan 2021 yil 4-oktyabr kuni “EMMM” DUK ning 2021 yil 7 sentyabrdagi 42-8/6249 sonli xatiga va ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasiga asosan “O'zbek tili – Davlat tili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, davlat tili xar bir jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini davra ishtirokchilariga tushuntirishdan iborat edi. Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi, huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog'i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Til – millat qiyofasining bir bo'lagi hisoblanadi.

 

2021 yil 21-oktyabr kuni, O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi Qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to'ladi. Shu munosabat bilan, bu kunni bayram kuni sifatida nishonlash bo'yicha muxtaram Prezidentimiz qaror imzoladilar.

Davra suxbati qizg'in munozaralarga boy tarzda o'tdi. Ishchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar va o'z fikrlarini bildirdilar.

 

Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

Faylni tanlang