"EMMM" DUK yangiliklari

“O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli”

Bugun, 18-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida ma’ruza o‘tkazildi.

Tadbir A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Xakimova Muhayyo Karimovna tomonidan olib borildi. Bunda,  tinchlovchilarga Oʻzbek tilining dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri ekanligi, u xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyat ekanligi haqida fikrlar yuritildi.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari

bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang