O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil 16-sentabrdagi 24/1-3425-son topshirig‘i bilan mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarga davlat tilini o‘rgatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan aholi vakillari uchun “O‘zbek tili” kursi bepul tashkil etildi.