"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida o‘quv seminari o‘tkazildi

2024-yil 1-mart kuni Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamda “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy shu’basi xodimlari hamkorligida  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida  o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari Sirdaryo viloyati EMMX faoliyati, uning funksional vazifalari, radiomonitoring tizimining umumiy texnik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga REV va YuChQlarni olib kirish tartibi bilan tanishdilar.

Shu bilan birga, seminar ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom batafsil o‘rganib chiqildi.

O‘quv seminari ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX muhandisi - Jo‘rayev J.N.

Faylni tanlang