2025-yil 1-iyun kuni Surxondaryo viloyati "Elektromanit moslashuv xizmati"da muhim tarixiy sana – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganlgining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda korxonaning xodimlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan mamlakatimiz Davlat gerbi tasdiqlangan edi. Shu tarixiy sana har yili yurtimizda alohida ehtirom bilan nishonlanadi. Davlat ramzlarimiz – bayroq, gerb va madhiyamiz xalqimizning mustaqilligi, birligi va g‘ururining ifodasidir.

Davra suhbatida ishtirokchilar gerbimizning ramziy ma’nolari, tarixiy ahamiyati va unda mujassam bo‘lgan milliy qadriyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Jumladan, Davlat gerbidagi quyosh, bug‘doy boshoqlari, g‘alla, vodiylar, Humo qushi hamda O‘zbekiston yozuvi aks etgan lenta mamlakatimizning barqarorligi, farovonligi va tinchligining ramzidir.
Tadbir davomida xodimlar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, gerbimizni chuqur o‘rganish va uni hurmat qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, yosh avlodga davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatish zarurligi haqida ham fikrlar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga davlat ramzlari aks etgan rasmlar tarqatildi va bunday uchrashuvlar xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov