"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi hududida sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarini rivojlanishi

Hozirgi rivojlangan dunyoda yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tizimiga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Ushbu ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida turli zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar asosida yer yuzasining uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlarni televidenie, radio, telefon, ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan yoki iqtisodiy samarasiz bo‘lgan hollarda sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari keng qo‘llaniladi. 

Respublikamizning uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlarini yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tizimiga yer sun’iy yo‘ldosh qurilmalari orqali bog‘lanishni tashkil etish imkoniyati mavjud.

Sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali ma’lumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 127-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. 

Ushbu qarorga muvofiq endilikda yo‘ldoshli aloqa tizimining markazni yer stansiyasi va konsentratori O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan tarmoq orqali telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan yo‘ldoshli aloqa tarmoqlariga radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov belgilanmaydi.

Bu o‘z o‘rnida sun‘iy yo‘ldosh orqali yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tizimiga investitsiyalar kiritishga, ko‘rsatiladigan xizmatlar tan narxining kamayishiga va yer usti tarmoqlariga nisbatan raqobatbardoshligini oshiradi. 

Shu bilan birga, 2022-yil 22-avgustdagi “2022–2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–357-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘ldoshli aloqa tizimlaridan foydalanish bo‘yicha yig‘im va davlat bojlari miqdorlarini kamaytirish hamda ularni to‘lash tartibini takomillashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Tayyorlandi: TYAB yetakchi muhandisi B.Rasulov

Faylni tanlang