O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqora chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi
801-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yilning 3-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK mutaxassislari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining majlislar zalida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda hozirgi kunning dolzarb muammolaridan sanalgan, “Baofeng” rusumli radioaloqa vositalari hamda “Starlink” rusumli sun’iy yo‘ldosh tizimlarini respublikamiz hududiga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirish, ulardan foydalanish holatlari kun sayin ortib borayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi va seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan barcha savollariga tegishli javoblar berildi.
Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov