EMMM yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi muborak bo‘lsin!

photo2025-12-0915-40-06.jpg

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. Ushbu tarixiy sana xalqimizning mustaqil davlat sifatida o‘z yo‘lini belgilab olganligini, jamiyatda adolat, demokratiya va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida muhim bosqich bo‘lganligini anglatadi.

Konstitutsiya – bu nafaqat hujjat, balki xalqning irodasi, orzu-intilishlari va kelajakka bo‘lgan ishonchining mujassam ifodasidir. Unda inson qadri ustuvor qo‘yilgan, fuqarolarning huquq va erkinliklari daxlsizligi, ijtimoiy himoya, so‘z erkinligi, erkin mehnat qilish, bilim olish va munosib hayot kechirish huquqlari mustahkam belgilangan.

Bugungi kunda Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha jabhalarida chuqur islohotlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yangi O‘zbekiston konsepsiyasi asosida raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, inson qadrini ulug‘lash tamoyillari amalda o‘z ifodasini topmoqda.

Konstitutsiyada belgilangan inson huquqlarini himoya qilish, erkin mehnat qilish, sifatli ta’lim olish va adolatli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari bugun raqamli platformalar orqali yanada qulay va ochiq shaklda taklif etilmoqda.

Elektron hukumat tizimi, raqamli sog‘liqni saqlash, davlat interaktiv xizmatlari – bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilangan demokratik tamoyillarni hayotga tatbiq etishning yorqin ifodasidir.

Bu sana barchamiz uchun huquqiy bilim saviyasini oshirish, demokratiya, qonuniylik, Vatanga sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Ushbu qutlug‘ sana bilan barchangizni muborakbod etamiz!

Yurtimizda tinchlik barqaror va milliy taraqqiyotimiz bardavom bo‘lsin, Konstitutsiyamiz esa kelajagimizning mustahkam tayanchi bo‘lib qolaversin!

Faylni tanlang