"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda aloqachilarning o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo saylov okrugi hududida 288 ta saylov uchastkalar tashkil etilgan va ularning hammasi yuqori tezlikdagi internet va sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlandi.

Sirdaryo viloyati EMMX mutaxassislari tomonidan saylov uchastkalarini to‘liq telekommunikatsiya xizmatlari bilan tashkil etishda joylarga chiqqan holda qamrov holati o‘rganildi va tegishli takliflar berildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy sho‘basi tomonidan hududlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida tegishli vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha Sirdaryo viloyati EMMXga Sayxunobod tumani biriktirilgan.

Sayxunobod tumanida 32 ta saylov uchastkalari mavjud bo‘lib, ularning har biri 2 tadan jami 64 ta kompyuter bilan ta’minlandi.

Tumandagi barcha saylov uchastkalari GPON texnologiyasi asosida yuqori tezlikdagi internet xizmati bilan ta’minlandi. 

Saylov uchastkalarida xatlov o‘tkazilib, natijada kompyuterlar texnik tavsifi, tarmoq kabellar holati, internet tezligi, telefon aloqa sifati, saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimini (SJBAT) ishlashi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun takliflar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi jumladan, internet brauzerlar (Mozilla, Google, Chrome)ning oxirgi versiyasi va antivirus dasturlari o‘rnatilib, antivirus bazalari yangilab berildi.

Bu kabi tadbirlarda telekommunikatsiya xizmatlari va axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash orqali aholimizga yaratilayotgan qulayliklarda aloqachilarning o‘rni beqiyosdir.

 

Sirdaryo viloyati EMMX 

1-toifali muhandisi B.Xidirov

Faylni tanlang