"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-445 va O‘RQ-701-son qonunlari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

2022-yil 7-aprel kuni “EMMM” DUKda ZOOM ilovasi orqali o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminar doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son qonuni hamda 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-son qonunlarining mazmun-mohiyatlari muhokama qilindi.

Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha IYBvaIChJSNQX muhandisi D.Shermatova hamda 2021-yil 14-iyuldagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-son qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Raimdjanov tushuntirish berdilar.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i Pulatov Djamoliddin Kamolidinovich ishtirok etdi. O‘tkazilgan o‘quv seminari davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan mavzuga doir barcha savollarga ma’ruzachilar tomonidan to‘liq ma’lumot berildi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi  L.A.Turgunova

 

Faylni tanlang