"EMMM" DUK yangiliklari

“O‘zbekiston Shveytsariyasi” ga sayohat.

“O‘zbekiston Shveytsariyasi”ga qiyoslanadigan Zomin tog‘lari inson salomatligi, kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilib, kishiga unutilmas taassurotlar beradi.

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan hukumatimiz tomonidan ketma-ket besh kun dam olish deb e’lon qilingani sababli joriy yilning 30-iyun va 1-iyul kunlari Samarqand viloyati EMMX xodimlari Jizzax viloyatida joylashgan “Zomin” tog‘lariga qiziqarli sayohat qilib, uning diqqatga sazovor tabiatidan bahramand bo‘ldilar. Xodimlar hududdagi “Bobo yong‘oq”, “Ming yillik archa”, “Sherbuloq” deb ataluvchi mahalliy sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi diqqatga sazovor joylarni ham borib ko‘rdilar va Zomin tog‘larini yanada go‘zal nuqtadan ko‘rish uchun, “Supa” nomli joyga chiqishdi.

cmc1700x405.jpg

Zomin tog‘lari dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, betakror tabiat, qalin archazorga burkangan tog‘lardan tushayotgan muzdek zilol suv va shifobaxsh buloqlarga boy. O‘ziga xos archa va qarag‘ay o‘rmonlarini ham boshqa joylardan topish amrimahol.

cmc2800x483.jpg

Ikki kunlik sayohat davomida xizmatimiz xodimlari dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazib, juda foydali va maroqli hordiq chiqarishdi. Albatta bunday sayohat xodimlar ishchanlik qobiliyati va sog‘liqlariga ijobiy ta’sir qiladi.

Bunday sayohatni tashkil qilib bergani uchun “EMMM” DUK rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Kodirov

Faylni tanlang