Soha yangiliklari

O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion universitet tashkil etish loyihasi muhokama qilindi

Bugun, 17-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov “Abu Dhabi Uzbek Investment” hamda “CINTANA TEAM” tashkilotining prezidenti Chagri Bagchioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Uchrashuvdan asosiy maqsad – O‘zbekistonda xalqaro standardlarga javob beradigan innovatsion universitet yaratish loyihasini amalga oshirish, ta'limning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollarini har tomonlama tahlil qilishdan iborat. Dastlab, Chagri Bagchioglu tashkilotning asosiy vazifalari va u tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.  Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik va ta'lim sohasidagi global tendentsiyalar bo‘yicha fikrlar almashildi.  O‘z navbatida, Rustam Karimjonov O‘zbekistonda IT-ta’limni yanada rivojantirish hamda birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.   
Faylni tanlang