Maʼlumki, 2024- yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi boʻlib oʻtadi. Saylov tadbiri shubhasiz, xalqimiz hayotida eng muhim va mamlakatimizning istiqbolli hamda rivojlanishi uchun tarixiy kunlardan biri hisoblanadi. Аlbatta, mana shu siyosiy jarayonni koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada oʻtishi avvalom bor, mukammal tayyorgarlik jarayoni va IT-texnologiyalarini qo‘llash bilan bevosita bogʻliqdir.
Namangan viloyatidagi saylov uchastkalarini uzluksiz va sifatli mobil aloqa bilan taʼminlanishi maqsadida, Namangan viloyati EMMX muhandisi E.Gʻ.Mamatqulov tomonidan saylov uchastkalari hududida mobil aloqasi signal qamrovi darajasini oʻrganish ishlari olib borildi.
Tayyorladi:
Namangan voloyati EMMX 2-toifali muhandisi X.U.Qosimova