Soha yangiliklari

Yangilanish: My.gov.uz yangi rejimda ish boshladi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - my.gov.uz to‘liq rejimda faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu kungacha resurs my2.gov.uz manzilida sinov rejimida ishlab kelayotgan edi. 

Shu bilan birga, Yagona portalda uchta yangi xizmat faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Bular - xususiy uy-joyi borligi/yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish (hozircha Toshkent shahrida), Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish xizmatlari.

Aytish joizki, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, avvalgi murojaat hamda ularning nazorati portalning shu kungacha mavjud talqinida saqlab qolingan.

Manba: Axborot xizmati

 

Faylni tanlang