Markaziy apparat

Abdunazarov Baxodir Abduazizovich

Abdunazarov Baxodir Abduazizovich

Axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlarni ta’minlash bo‘limi

Bo'lim boshlig'i v.b.


Majburiyatlari

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

 

  • Texnik vositalardan va dasturiy mahsulotlardan foydalanish, ularni rivojlantirish bo‘yicha “EMMM” DUKning texnik siyosatini amalga oshirish.
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi, tashuvchilar va qayta ishlash  talablarini aniqlash va axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PQ-6079-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan loyihalarni, raqamli transformatsiya dasturlarini  “EMMM” DUKga tegishli qismlarini bajarishni ta’minlash, shuningdek, ularning bajarilishini tizimli nazoratini olib borish.
  •   Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan siyosat sohasidan chora-tadbirlarni tashkillashtirish, Kompleks himoya tizimini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘maklashish va ishlarni muvofiqlashtirish.
  •  Korxonada axborot xavfsizligini ta’minlash.
  •   Xavfsiz ish yuritish talablariga rioya etishni nazoratini olib borish, axborot xavfsizligi bo‘yicha tadbiq etiladigan vosita va talablarning samaradorligini baholash.
  •  Telekommunikatsiya va kompyuterlashtirish bo‘yicha yangi texnologiyalarni o‘rganish hamda ularni korxonaning ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish.
  •  Texnik, o‘lchov vositalari va elektron-hisoblash vositalarining yaroqli holatda saqlash bo‘yicha “EMMM” DUKning tarkibiy bo‘limlariga amaliy yordam ko‘rsatish.
  •  “EMMM” DUKning texnik va o‘lchov vositalarining metrologik ta’minotini bajarish.
  • Texnik va o‘lchov vositalariga, kompyuter va ofis texnikalariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek ta’mirlash ishlari bo‘yicha choralar ko‘rish.
  • Texnik foydalanish qoidalariga muvofiq texnik va o‘lchov vositalardan, shuningdek, kompyuter va ofis texnikadan foydalanish qoidalarini nazorat qilish.
  • O‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga yo‘l qo‘ymaslik.
  •  “EMMM” DUKning odob-axloq qoidalari hamda mehnat intizomiga rioya qilish.
Faylni tanlang