Kadirov Anvar Abdugapurovich
Boshliqning birinchi o‘rinbosari
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
- Radionazorat va texnik rivojlantirish xizmati, Axborot xavfsizligini ta'minlash xizmati, Transport va logistika bo‘limi faoliyatini tashkil qiladi va o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
- Radionazorat va texnik rivojlantirish xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar EMMX bilan texnik va tezkor masalalar bo‘yicha hamda radiochastota monitoring ishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
- ishlatilayotgan chastotalar va chaqiruv signallarini rejalashtirish, belgilash, foydalanish, hisobga olishni muvofiqlashtiradi;
- markazlashgan xolda ishlatiladigan radioelektron vositalar uchun elektromagnit moslashuvini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
- radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiradi;
- axborot xavfsizligi, axborot tizimlari va resurslarini muhofaza qilish, shuningdek axborotni muhofaza qilishning samarali vosita va usullarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- korxonaning muhandis-texnik kadrlarni malakasini oshirish bo‘yicha yillik o‘quv jadvalini ishlab chiqishda qatnashadi;
- o‘z vakolatlari doirasida korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar uchun berilgan hisob varaq-fakturalarni imzolaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar sotib olish (uzatish), qurish (o‘rnatish), olib kirish va foydalanish, yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish va sotib olish uchun ruxsatnomalarni imzolaydi;
- o‘zi nazorat qilayotgan tarkibiy bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar, qoida va yo‘riqnomalar talablarini bajarish bilan bog‘liq masalalarni hal etishni taʼminlaydi;
- ijro intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat yuritadi;
- korxona mutaxassislarning texnik o‘qishni tashkil etishni muvofiqlashtiradi;
- hujjatlarni imzolash va kiruvchi yozishmalarni, shu hisobda “maxfiy” yozishmalarni qabul qilishni amalga oshiradi, “shaxsan” deb belgilangan xatlar bundan mustasno;
- o‘zi nazorat qilayotgan tarkibiy bo‘linmalar vazifalarni tashkil etishga va o‘z vaqtida bajarilishiga shaxsan javobgardir;
- jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish ishlarini amalga oshiradi.