Markaziy apparat

Kerimov Shuhrat Tursunovich

Kerimov Shuhrat Tursunovich

Trening markazi

Markaz boshlig'i


Majburiyatlari

Markazning asosiy vazifalar va funksiyalari:

Radiochastota spektrini rejalashtirish, tartibga solish va undan foydalanish masalalari boʻyicha korxona mutaxassislari, boʻlimlari, xizmatlari va hududiy boʻlinmalarining savodxonlik darajasini oshirish;

Oʻlchov tadbirlarini amaliy oʻtkazish bilan radiochastota spektrini radiomonitoringni amalga oshiruvchi muhandis-texnik xodimlarni kasbiy qayta tayyorlash.

Qoʻshma loyihalarni amalga oshirish doirasida radiochastota organlari xodimlarini oʻqitish.

Sohaning oʻrta-maxsus va oliy taʻlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tarkibi uchun seminarlar va treninglar oʻtkazish.

Korxonaning boʻlimlari, xizmatlari va hududiy boʻlinmalari mutaxassislarini, muhandislik-texnik xodimlarini tayyorlashda va qayta tayyorlashga malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet el mutaxassislarini jalb etish.

Xodimlarning malakasini oshirish masalalari boʻyicha davlat, nodavlat tashkilotlari, 

ilmiy-tadqiqot muassasalari, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

“EMMM” DUK boʻlimlari va xizmatlari muhandislik-texnik xodimlarining kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganidan keyin bilim darajasini baholash va tahlil qilish. 

Kasbiy masalalarni echishda boʻlim boshliqlari va mutaxassislariga metodik yordam  va maslahat berish.

Seminarlar, treninglar, stajirovkalar, oʻz-oʻzini oʻqitish va oʻz-oʻzini rivojlantirish usullari asosida oʻqitish.

 

Quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish:

-sohaga oid yangi joriy etilgan normativ hujjatlar, standartlar, rahbariy hujjatlarni o‘rganish va bu borada tezkor o‘qishni;

-radiochastota spektridan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni berish, shuningdek radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartib-taomillari;

-radiomonitoring tadbirlarini rejalashtirish, uni belgilangan muddatlarda oʻtkazish va radioelektron vositalarga taʻsir qiluvchi radioxalaqitlarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha yakuniy hisobotlarni yuritish;

-turli o‘lchov priborlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish, o‘lchov rejimlarining ahamiyatini o‘rganish;

-radiochastota spektri bandligini nazorati, tahlili, ma’lumotlarni jamlash, radiochastota spektrida noqonuniy ishlayotgan uzatgichlarni aniqlash va bartaraf etish jarayonlari;

-radiomonitoring tizimida foydalanilayotgan o‘lchov va pelengatsiya uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish.

 

Korxonaga oliy o‘quv yurti tomonidan stajirovkaga yuborilayotgan o‘qituvchi-professorlar va talabalar uchun quyidagi trening va semenarlarni tashkillashtirish:

-oliy o‘quv yurtlari tomonidan ishlab chiqarish amaliyotiga yoʻnaltirilgan talabalar uchun oʻquv va laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish;

-oliy o‘quv yurti tomonidan stajirovkaga yuborilgan o‘qituvchi-professorlar uchun korxona faoliyatida qo‘llaniladigan ichki va tashqi normativ hujjatlar bilan tanishtirish;

-milliy radiomonitoring tizimi bo‘yicha umumiy tushunchalar berish.

Kurs tinglovchilari uchun zarur bo‘ladigan o‘quv qo‘llanmalar va metodikalarni yaratish, ularni doimiy yangilab borish. 

Faylni tanlang