"EMMM" DUK yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasida radiorele aloqa liniyalarini yanada rivojlantirish istiqbollari.

Radio kanallar orqali qisqa masofalarga paketli ma'lumotlarni uzatish ehtiyojlari doimo ortib bormoqda. Bu yerda millimetrli to'lqinlar diapazonida ishlovchi radiorele stansiyalarning yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga egaligi muhim rol oynaydi.

Ular optik-tolali aloqa liniyalariga qimmat bo‘lmagan alternativa hisoblanadi, tez aloqa tashkil qilinadi va kabel kanalizatsiyasi talab qilinmaydi. Ushbu echimlar ko‘p maqsadlarda foydalaniladi masalan, - optik tolali kabel o‘tkazish imkoniyati bol’magan hududlarda: daryolar, ko'llar, temir yo'llar, avtomobil yo'llari, tarixiy obidalar. Ular 4G/LTE infratuzilmasini va optik kanal zaxira tarmoqlari (backhaul) qurishda samarali bo'ladi. Bu radiorele stansiyalari lokal va korporativ tarmoqlarni, shuningdek bir guruh abonentlari uchun TV dasturlarini uzatish uchun foydalanish mumkin.

Ushbu diapazonda antennalarning yo‘naltirilganligi va signallarning katta so‘nishini hisobga olgan holda, xalaqitlar yuzaga kelishi qiyin.

Ayni paytda 71-76/81-86 GGs diapazoni foydalanish ruxsat etilgan va e-diapazon (E-Band) deb nomlanadi, 60 GGs ga nisbatan kislorod molekulalari va suv bug'larida signalning so‘nishi nisbatan kam, 1 gigabit tezlikda radiokanal uzunligi 3-7 km gacha etadi. Ushbu diapazon ishlash uchun ko‘plab uskunalar ishlab chiqarilmoqda.

Shunday qilib, e-diapazonida ishlashga mamlakatimizda mobil operatorlari eng ko‘p qiziqish bildirmoqda.

 

TvaYA bo‘limi 2-toifali muhandisi Tadjimatov R.M.

Faylni tanlang