"EMMM" DUK yangiliklari

Simsiz keng polosali ma’lumotlarga Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishning keyingi rivojlanishi istiqbollari

Axborot ma’lumotlari almashuvi bugungi kunda barchaninig hayotida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy jamiyatning shartlaridan biri, ma’lumotlardan har yerda va qulay foydalanish, shu jumladan internetdan ham foydalanish hisoblanadi.

Simsiz ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi jamoat joylari – savdo sotiq markazlari, kafe, restoran, mehmonxona va boshqa joylarda internet tarmog‘iga ulanishni ta’minlashda keng qo‘llanilmoqda. Bu katta masofalarni qoplash va yuqori tezlikda ulanish mumkin bo‘lgan LTE texnologiyasiga asoslangan zamonaviy internet, joriy qilish ko'zda tutilmoqda. Shu bilan birga LTE texnologiyasini rivojlantirishda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda. EMMM DUK LTE tarmog'ini rivojlantirish bilan bog'liq murojatlarni ko‘plap qabul qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida yuqorida ko‘rsatilgan texnologiyalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda Wi-Fi texnologiyasi orqali keng polosali ulanish (foydalanish)ni kelgusida rivojlanishi uchun kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Hujjatga muvofiq, o‘z hududida internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hamda, Wi-Fi hududlarini o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yo‘naltirilgan soliq imtiyozlari taqdim etiladi.

Keng polosali tarmoq infratuzilmasini texnologik rivojlantirish, global tendentsiyalarni hisobga olgan xolda va zamonaviy texnologik jihozlardan foydalanish orqali bardoshlik, xavfsizligini va keng qamrovini oshirish lozim.

 

T va YA bo‘limi muxandisi Feyzullaev A.A.

Faylni tanlang