Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Amiti universitetining ilk bitiruvchilari diplom olishdi

Amiti universitetining Noida shahrida joylashgan asosiy kampusida butun dunyo bo‘ylab barcha Amiti bitiruvchilariga diplom topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 6000 nafar bitiruvchi talabalar, shu jumladan Toshkent shahridagi Amiti universitetining ilk bitiruvchilari ham qatnashdi. Qayd etish joiz, Amiti universitetining dunyo bo‘ylab 20 ga yaqin xalqaro kampuslari mavjud bo‘lib, ular orasida maktabgacha ta’lim, o‘rta va biznes maktablari, oliy ta’lim maskanlari bor.  
Faylni tanlang