"EMMM" DUK yangiliklari

“UzQuiz” musobaqasining ochilish o‘yini

19 iyun kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizim huzuridagi tashkilotlar jamoalari o‘rtasida “UzQuiz” musobaqasining ochilish o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada jami 21 jamoadan 130 nafar ishtirokchi, jumladan, “EMMM” DUK jamoasi ham o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Intellektual o‘yin turli mavzularda 8 turdan iborat bo‘ldi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar vazirlik tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar bilan taqdirlandilar.