Soha yangiliklari

Xonobodda IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni qamrab oladigan “Raqamli Andijon” forumini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Bugun, 29-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Qo‘rg‘ontepa tumaniga bordi. AKT vaziri Xonobod shahrida tashkil etilgan 27-informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurib, mavjud IT-infratuzilmani ko‘zdan kechirdi. Jumladan, IT-maktab qoshidagi kovorking markazida yaratilgan shart-sharoitlar va ayol o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan ingliz tili onlayn o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishib, tinglovchilar bilan muloqot o‘tkazdi. Tashrif so‘ngida kelgusida Xonobod shahri IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar va ushbu sohaga qiziqqan barcha mahalliy yoshlarni qamrab oluvchi Raqamli Andijon forumini tashkil etish rejalashtirildi.
Faylni tanlang