Soha yangiliklari

Respublika boʻyicha profilaktika ishlari olib boriladi

Joriy yilning 12-16 aprel kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatkichlarda profilaktika oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika boʻyicha raqamli teledasturlarni tarqatish vaqtincha toʻxtatiladi. Bunda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish toʻxtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Mahalliy, nodavlat va “Uzdigital TV” MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuni taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini taʼminlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda oʻchirib, profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

Toʻxtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang